Siberian Wellness Sankt-Peterburgda 30 yilligini nishonlab, 9000 dan ortiq ishtirokchini jamladi
Biznes
Siberian Wellness 2026-yil 17–19-sentabr kunlari Sankt-Peterburgda xalqaro biznesining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturini o‘tkazdi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, “30 yil Haqiqiylik” yubiley tadbiri 20 dan ortiq mamlakatdan 9000 dan ziyod Biznes-hamkorlar va brend vakillarini, shuningdek, ekspertlar, faxriy mehmonlar va OAV vakillarini birlashtirdi.
Yubiley dasturi Sankt-Peterburgning mashhur maskanlarida tashkil etildi. 17-sentabr kuni ishtirokchilar Mariinskiy-2 teatrida bo‘lib, “Romeo va Julyetta” baletini tomosha qildi. Keyingi kun dastur Peterhofda davom etdi va Yozgi saroydagi tantanali qabul bilan yakunlandi.

19-sentabr kuni “SKA Arena”da asosiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda teleboshlovchi Yana Churikova va artist, shoumen Vyacheslav Makarov boshlovchilik qildi. Dastur Siberian Wellness kompaniyasining “Haqiqiy tabiat. Haqiqiy fan. Insonlar uchun” pozitsiyalashuvi asosida tuzildi. Unda kompaniya rahbariyati va top-menejerlari, Biznes-hamkorlar hamda taklif etilgan ekspertlarning chiqishlari, yangi mahsulotlar va istiqbolli loyihalar taqdimotlari o‘rin oldi.
Tadbirning alohida qismi tabiatni muhofaza qilishga bag‘ishlandi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, “Atrofingdagi olam” korporativ jamg‘armasi orqali 20 ta noyob tur himoya qilinadi. “100 gektar” loyihasi doirasida esa 17 mamlakatda 2,8 million tup daraxt ekilgan. Siberian Wellness ma’lumotlariga ko‘ra, ekologik loyihalarda 20 mingdan ortiq ko‘ngilli qatnashadi.
Kompaniya 1996-yilda Novosibirskda tashkil etilgan. Bugungi kunda brend mahsulotlari 60 dan ortiq mamlakatda taqdim etilgan, mahsulot portfelida sog‘liq va go‘zallik uchun 500 dan ortiq yechim mavjud. Kompaniyaning ishlab chiqarish quvvatlari Sibir, Serbiya va O‘zbekistonda joylashgan. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab chiqarish majmuasi va mevali bog‘lar tashkil etilgan, yer maydonlarining umumiy hajmi 1200 gektarni tashkil etadi.
O‘zbekiston Siberian Wellness faoliyatida alohida o‘rin tutadi. Kompaniya mamlakat bozoriga 2010-yilda “Sibir salomatligi” nomi bilan kirgan. Toshkentda birinchi mijozlarga xizmat ko‘rsatish markazi ochilgan. Keyinchalik markazlar tarmog‘i mamlakatning boshqa shaharlariga ham kengaygan. Kompaniya O‘zbekistonda qonunchilik talablariga muvofiq faoliyat yuritishini va xususiy tadbirkorlar bilan hamkorlik qilishini bildiradi.
Namangan viloyatining Chust tumanida Siberian Wellness qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan investitsiya dasturini amalga oshirmoqda. Kompaniya taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, unga 415 gektar yer ajratilgan. Bu hududda 4 gektarlik ishlab chiqarish majmuasi barpo etilib, zarur kommunikatsiyalar o‘tkazilgan va suvni tozalash tizimi yaratilgan. Mevali bog‘lar organik qishloq xo‘jaligi tamoyillari asosida yetishtiriladi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilda hosil hajmi qariyb 1000 tonnani tashkil qilgan. Bog‘lar va ishlab chiqarish FSSC 22000, HALAL, Global G.A.P. va ISO 14001 standartlari bo‘yicha sertifikatlangan.
Kompaniya O‘zbekistonda ijtimoiy va ekologik loyihalarni ham qo‘llab-quvvatlaydi. 2020-yilda “Yaxshilik karvoni” tashabbusi doirasida Sardoba suv omboridagi avariya oqibatlaridan zarar ko‘rganlarga 180 million so‘mdan ortiq miqdorda gumanitar yordam ko‘rsatilgan. 2022-yilda xodimlar va hamkorlar Toshkentdagi Furqat bog‘ida 200 tup ko‘chat ekkan. “Orol dengizidagi bog‘im” loyihasi doirasida esa kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, ikki yil ichida qurigan Orol tubiga 14 220 tup saksovul va 500 tup qurg‘oqchilikka chidamli manzarali daraxt ekilgan.

Siberian Wellness sport tashabbuslarini ham qo‘llab-quvvatlaydi. 2023–2024-yillarda kompaniya duatlon chempionatlari, Uzbek Race, Challenge Samarqand, Toshkent xalqaro marafoni, Backyard Ultra Marathon, Asia Glory va trek velopoygalariga hamkor yoki homiy sifatida qatnashgan. Shuningdek, kompaniya sportchi Dilfuza Allayorovaning 2023-yilgi Chikago marafoni va 2024-yilgi Sidney jahon chempionatidagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlagan.
2023–2026-yillarda Siberian Wellness O‘zbekistonda wellness, biologik faol qo‘shimchalar va biznesni rivojlantirish yo‘nalishlarida bir qator mukofotlarga sazovor bo‘lgan. 2026-yilda kompaniyaga “2025-yilda O‘zbekistonda wellness industriyasini rivojlantirish va barqaror ishlab chiqarish ekotizimini joriy etgani uchun” mukofoti berilgan.
O‘zbekistondagi 16 yillik faoliyati davomida kompaniya qonunchilik talablariga rioya qilish, soliq majburiyatlarini bajarish hamda tadbirkorlik, ekologik va ijtimoiy tashabbuslarni rivojlantirishga e’tibor qaratayotganini bildiradi.

Powered by Froala Editor