Silk Road Finance & Technology Forum: O‘zbekiston yangi moliyaviy kun tartibini taqdim etdi
Iqtisodiyot
O‘zbekiston birinchi Silk Road Finance & Technology Forumini o‘tkazmoqda. Forum davlat organlari, moliyaviy regulyatorlar, investorlar va texnologik kompaniyalar vakillarini bir maydonga jamladi. Tadbir doirasida fintex, ochiq banking, venchur moliyalashtirishni rivojlantirish choralari hamda shakllantirilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazining asosiy parametrlari taqdim etildi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning ma’lum qilishicha, so‘nggi o‘n yil davomida O‘zbekiston iqtisodiyoti yiliga o‘rtacha 6–7% sur’atda o‘sdi. Shu davrda iqtisodiyot hajmi qariyb uch barobar oshib, $60 milliarddan $180 milliardgacha yetdi. Aholi jon boshiga YaIM esa taxminan $1900 dan $4600 gacha ko‘tarildi.
Vazirning aytishicha, 2026-yilda inflyatsiya taxminan 6,5%, 2027-yilda esa 5% bo‘lishi kutilmoqda. Tashqi davlat qarzi YaIMga nisbatan qariyb 27% darajasida saqlanmoqda, so‘nggi yillarda budjet taqchilligi esa 3%dan past bo‘lgan.
Hukumat inflyatsiyani pasaytirish, budjet intizomini va davlat qarzi barqarorligini ta’minlash choralarini davom ettiradi. Ustuvor yo‘nalishlar qatorida O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini yakunlash, iqtisodiyotdagi davlat ulushini qisqartirish va bozor islohotlarini davom ettirish belgilangan.
Markaziy bank raisi Timur Ishmetovning ta’kidlashicha, 2025-yilda Markaziy Osiyoda venchur moliyalashtirish hajmi qariyb $320 millionni tashkil etgan. Shu bilan birga, mintaqaning global fintex investitsiyalaridagi ulushi hali ham kichik.
O‘zbekistonda to‘lovlarning 57 foizi naqdsiz shaklda amalga oshirilmoqda. Bank hisob raqamiga ega ayollar ulushi esa 39 foizdan 61 foizgacha oshgan.
Markaziy bank ochiq banking uchun API va to‘lov standartlarini ishlab chiqmoqda. Ular moliyaviy tizimning turli yurisdiksiyalar o‘rtasida kengayishiga xizmat qilishi kutilmoqda. Tezkor hisobdan-hisobga to‘lovlar va sun’iy intellekt asosidagi muqobil kredit skoring modeli ham ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilangan.
2026–2030-yillarga mo‘ljallangan milliy fintex strategiyasi doirasida Innovatsion xab tashkil etiladi. Birinchi rezidentlarni 2026-yilning IV choragidan qabul qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, Markaziy bank maxsus venchur fondini tashkil etish va xalqaro boshqaruv kompaniyalari hamda qo‘shma investorlarni jalb etish bo‘yicha ish olib bormoqda.
Forumning muhim yo‘nalishlaridan yana biri — **Toshkent xalqaro moliya markazi (TIFC)**ni tashkil etish. Prezident Administratsiyasi loyihalar koordinatori Nodirjon Jo‘rayev markazda ingliz umumiy huquqi tamoyillari qo‘llanilishi va mustaqil regulyator faoliyat yuritishini ma’lum qildi. Markaz ishtirokchilari istalgan valyutada operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi, huquqiy baza esa raqamli aktivlardan foydalanish imkoniyatini ham nazarda tutadi.
Markaziy bank raisining o‘rinbosari Abror Mirzo Olimov TIFCning vazifasi mahalliy kompaniyalar va moliya institutlarini xalqaro bozorlar bilan bog‘lashdan iborat bo‘lishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, valyuta rejimining moslashuvchanligi moliyaviy barqarorlik, shaffoflik va pul yuvish hamda terrorizmni moliyalashtirishga qarshi samarali choralar bilan uyg‘un bo‘lishi kerak.
Olimovning qayd etishicha, O‘zbekiston o‘tgan yildan boshlab suzuvchi valyuta kursi rejimiga o‘tdi. 2025-yilda so‘m AQSh dollariga nisbatan qariyb 7% mustahkamlangan.
Forum 24–26 avgust kunlari Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx) hamda Islom sivilizatsiyasi markazida o‘tkazilmoqda.

Powered by Froala Editor