Sog‘liqni saqlash vazirligi elektron retseptlarga o‘tishni bosqichma-bosqich amalga oshiradi
O'zbekiston
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot va ekspertlar hamjamiyati bilan muhokamalardan so‘ng “Elektron retsept” tizimini bosqichma-bosqich joriy etish tartibini tasdiqladi. Tegishli buyruqni sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorov imzoladi.
Vazirlikda ta’kidlanishicha, yangi tizimga o‘tish imkon qadar silliq va tushunarli bo‘ladi — shifokorlar amaliy tajribasi, davlat va xususiy klinikalar takliflari hamda bemorlar ehtiyojlari inobatga olinadi. Qaror Toshkent va 15 pilot hududda tizim ishga tushirilgach yuzaga kelgan muammolar fonida qabul qilindi.
Birinchi bosqichda elektron retseptlar antibiotiklar, sintetik antibakterial dorilar va tizimli ta’sirga ega gormonal preparatlar uchun majburiy bo‘ladi. Dorilar ro‘yxati bosqichma-bosqich shakllantirilib, har bir bosqich uchun alohida tasdiqlanadi.
Retsept yozish, jumladan elektron shaklda, faqat shifokor vakolatiga kiradi. Dorixonalar retsept asosida — elektron retsept, QR-kod yoki bemorning PINFL raqami orqali — dori vositalarini berish huquqiga ega. O‘tish davrida va favqulodda holatlarda qog‘oz retseptlardan foydalanish vaqtincha saqlanib qoladi.
Bemorlar uchun 1003 raqamli sutkalik call-markaz ishga tushirilgan. U orqali maslahat olish, oilaviy shifokor bilan bog‘lanish, elektron retseptni masofadan rasmiylashtirish, shuningdek, yotoqda yotuvchi va surunkali kasalligi bor bemorlarga uyda tibbiy yordamni tashkil etish mumkin.
Xorijiy fuqarolar ham davlat tibbiyot muassasalarida ro‘yxatdan o‘tgach, elektron retseptlardan umumiy tartibda foydalanishlari mumkin.
Vazirlik ta’kidlashicha, “Elektron retsept” tizimi davolash xavfsizligini oshirish, dori tayinlashdagi mas’uliyatni kuchaytirish va dori aylanmasini tartibga solishga qaratilgan. Tizim bosqichma-bosqich joriy etilib, doimiy monitoring va fuqarolar fikri asosida takomillashtirib boriladi.

Powered by Froala Editor