SpaceX’ning Starship raketasi uchirilgandan keyin portlab ketdi
Dunyo
SpaceX kompaniyasining bosh loyihasi bo‘lgan Starship raketasi uchirilganidan bir necha daqiqa o‘tib portlab ketdi. Bu hodisa havodagi qatnovlarni to‘xtatib, Ilon Maskning orzulari uchun katta sinovga aylandi. “Muvaffaqiyat kafolatlanmagan, ammo tomosha kafolatlangan”, — deya izoh yozdi Ilon Mask yuz bergan voqeadan so’ng.
16-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:38 da SpaceX kompaniyasi Starship raketasining yangilangan versiyasini Texasdagi kosmodromdan uchirdi. Ammo sakkiz daqiqa o‘tgach, kema bilan aloqa uzilib, bo‘laklari Meksika ko‘rfazi hududiga tushdi va o‘nlab tijoriy reyslar o‘z yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.
Federal Aviatsiya Boshqarmasi (FAA) samolyotlarni himoya qilish uchun vaqtincha havo hududini yopganini tasdiqladi, ammo operatsiyalar tez orada qayta tiklandi. Guvohlar tomonidan olingan videolarda olovli portlashlar va tutun izlari aks etgan, ularni hatto Gaiti ustidan ham ko‘rish mumkin bo‘lgan.
SpaceX raketaning portlashiga suyuq kislorod sizib chiqishi va natijada bosimning oshishi sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Ushbu avariya Ilon Maskning 2025-yilda 12 ta Starship sinov uchiruvini amalga oshirish rejasiga katta to‘siq bo‘ldi.
Qiziqarli jihati shundaki, raketaning birinchi bosqichi – Super Heavy muvaffaqiyatli ravishda start maydonchasiga qaytib, ulkan mexanik “qo‘llar” yordamida yumshoq tarzda qo‘ndi.
Mazkur hodisa nafaqat aerokosmik sohada muhokamalarga sabab bo‘ldi, balki Ilon Maskning o‘z hazil-mutoibalari mavzusiga ham aylandi. U ijtimoiy tarmoqlarda shunday yozdi: “Muvaffaqiyat kafolatlanmagan, ammo tomosha kafolatlangan!”
Blue Origin kompaniyasining yaqinda New Glenn raketasini muvaffaqiyatli uchirgani fonida SpaceX texnik nosozliklarni tezda bartaraf etib, kosmik poygada yetakchilikni saqlab qolishi kerak.
Endi kompaniya FAA tomonidan ehtimoliy tekshiruvni kutmoqda, bu keyingi sinovlarni kechiktirishi mumkin. Shunga qaramay, Mask navbatdagi Starship uchirilishi kelgusi oyda amalga oshirilishiga ishonch bildirdi.

Powered by Froala Editor