SQB tarixida ilk bor O‘zbekiston futzal Superkubogini qo‘lga kiritdi
Sport
SQB O‘zbekiston futzal Superkubogini tarixida ilk bor qo‘lga kiritdi. “Humo Arena”dagi BMBga qarshi uchrashuvning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlandi, shundan so‘ng penaltilar seriyasida SQB futbolchilari aniqroq harakat qildi.
Bosh sovrin uchun bahs poytaxtdagi “Humo Arena” sport majmuasida bo‘lib o‘tdi. Asosiy vaqtda g‘olib aniqlanmagach, uchrashuv taqdiri penaltilar seriyasida hal qilindi va SQB Superkubok sohibiga aylandi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lum qilishicha, uchrashuvga jahon futbolining taniqli yulduzlari faxriy mehmon sifatida taklif etilgan.
Taqdirlash marosimida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va O‘zbekiston futzal federatsiyasi rahbariyati vakillari ishtirok etdi.

Powered by Froala Editor