Tailand O‘zbekiston uchun vizasiz rejim joriy qildi

Dunyo

Tailand O‘zbekistondan kelgan sayyohlar uchun vizasiz rejim joriy qildi, bu ularga mamlakatda 60 kungacha qolish imkonini berdi, deb xabar bermoqda Bangkok Post.

Tailand O‘zbekiston uchun vizasiz rejim joriy qildi
O‘zbekistondan tashqari yana 35 davlat fuqarolari ham Qirollikka vizasiz tashrif buyurishlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, vizasiz qolish muddati 30 kundan 60 kungacha uzaytirildi. Yana 31 davlatning pasport egalari kelgandan so‘ng viza olish huquqiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston pasporti egalari quyidagi 26 davlatga vizasiz sayohat qilishlari mumkin: Ozarbayjon, Antigua va Barbuda, Armaniston, Barbados, Belarus, Gaiti, Gambiya, Gruziya, Dominika, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Malayziya, Mikroneziya, Moldova, Mongoliya, Namibiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kuk orollari, Rossiya Federatsiyasi, Sent-Vinsent va Grenadin orollari, Surinam, Tojikiston, Turkiya, Ukraina, Filippin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing