Tanzila Norboyeva Senat Raisi lavozimiga qayta saylandi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan nomzodi Oliy Majlis Senati Raisi lavozimiga taqdim etilgan senator Tanzila Norboyeva senatorlar tomonidan saylandi.
Senat Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga senator Sodiq Safoyev, Senat Raisining o‘rinbosari lavozimiga senator Amanbay Orinbaev saylandi.
Prezident Tanzila Norboyeva, Sodiq Safoyev, Amanbay Orinbaevni ularga bildirigan yuksak ishonch bilan tabriklab, ularning kelgusi faoliyatida yutuq va muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tiladi.
“O‘zingiz bir tasavvur qiling – 37 millionlik xalqdan faqatgina 65 nafar insonga senator bo‘lishdek yuksak sharaf va baxt nasib etdi. Bu ulkan ishonch va mas’uliyatning qadriga yetish, uni halol va sodiq xizmat bilan oqlash barchamizning muqaddas burchimizdir.
Sizlar Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessans poydevorini bunyod etishga munosib hissa qo‘shasizlar, xalqchil va adolatli qonunlar qabul qilib, barchaga o‘rnak bo‘lasizlar, deb tilak bildiraman.
Men siz, muhtaram senatorlar timsolida ana shunday katta ishlar qiladigan, O‘zbekiston oldida turgan strategik vazifalarni chuqur anglaydigan, Vatan va xalq manfaatini hamma narsadan ustun qo‘yadigan fidoyi insonlarni – o‘zimning eng yaqin maslakdoshlarimni ko‘raman.
Sizlar bor bilim va tajribangiz, kuch va imkoniyatingizni ishga solib, mamlakatimiz hayotida, Senat faoliyatida yangi, yorqin sahifa ochasiz, deb ishonaman,” dedi Prezident majlis yakunida.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamizki, joriy yil 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovlari natijasiga ko‘ra, Tanzila Norboyeva xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga saylangan edi. Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi esa uni senatorlikka sayladi.

Powered by Froala Editor