Braziliya Ilon Maskning X ijtimoiy tarmog‘ini yana ishga tushirdi
Texnologiya
Braziliya Oliy sudyasi Ilon Maskning sobiq Twitter ijtimoiy tarmog‘i X uchun mamlakatda faoliyat yuritish taqiqini bekor qildi. Sudya qarorini Maskning ekstremistlarning akkauntlarini bloklash va jarimalarni to‘lashga rozi bo‘lganidan so‘ng chiqardi.
Oliy sud sudyasi Aleksandre di Moraes X ijtimoiy tarmog‘i faoliyatini qayta tiklash qarorini e’lon qildi va telekommunikatsiya organlariga tarmoqni barcha foydalanuvchilar uchun 24 soat ichida qayta ochishni topshirdi.
Avgust oxirida X tarmog‘i radikal o‘ngchi akkauntlarni o‘chirmagani va mamlakatda vakil tayinlamagani sababli Braziliyada bloklangan edi. O‘sha paytda Mask di Moraesning talablarini qattiq tanqid qilgan va ularni so‘z erkinligiga tajovuz deb baholagan edi.
Ammo yaqinda Mask Braziliya hukumatining talablariga bo‘ysundi: u zarur o‘zgartirishlarni amalga oshirdi, kerakli akkauntlarni blokladi va mamlakatda rasmiy vakil tayinladi, shuningdek, jarimalarni to‘ladi.

Powered by Froala Editor