TBC Bank O‘zbekistonda xorijliklar uchun o‘z xizmatlarini ochdi

O'zbekiston

TBC Bank O‘zbekistonda o‘z xizmatlarini xorijliklarga ham ochdi. Endi mamlakatda yashayotgan xorijiy fuqarolar kartalar ochishi, omonat qo‘yishi va pul o‘tkazmalari amalga oshirishi mumkin — barchasi onlayn tarzda, ofisga borish shart emas.

TBC Bank O‘zbekistonda xorijliklar uchun o‘z xizmatlarini ochdi
Ro‘yxatdan o‘tish uchun TBC UZ ilovasini yuklab olish, onlayn verifikatsiyadan o‘tish va xorijiy pasport, vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish, PINFL hamda mahalliy operator raqamini taqdim etish kifoya. Shundan so‘ng bank vakili shartnoma imzolash uchun mijozga qulay joyga keladi. Hozircha uchrashuvlar faqat Toshkentda amalga oshiriladi, ammo yil oxirigacha geografiya kengaytirilishi rejalashtirilgan.

Norezidentlar uchun 17% dan 22% gacha yillik stavkali omonatlar hamda kundalik to‘lovlar, o‘tkazmalar va jamg‘armalar uchun bonusli Salom Card taqdim etiladi.

TBC Uzbekistan bosh direktori Nika Kuridiani ta’kidlaganidek, bank O‘zbekistonga kelayotgan talabalar, mutaxassislar va tadbirkorlar uchun “mamlakat moliya tizimiga tabiiy kirish nuqtasi” bo‘lishni maqsad qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, norezidentlarni ekotizimga qo‘shish naqd pulsiz iqtisodiyot o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi va bank daromadlarini diversifikatsiya qiladi.

Mazkur yangilik TBC Bank’ning izchil rivojlanish strategiyasining davomi bo‘lib, avvalroq Osmon Card, TBC Sug‘urta sug‘urta mahsulotlari, MChJlar uchun TBC Business xizmati va Visa+ to‘lov yechimlari taqdim etilgandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing