Tesla Germaniyadagi zavodida ishlab chiqarishni to'xtatadi

Biznes

Tesla Qizil dengizda kemalarga hujum uyushtirilayotgani bois butlovchi qismlar yetishmasligi sharoitida Berlin yaqinidagi zavodida avtomobil ishlab chiqarishni toʻxtatmoqda.

Tesla Germaniyadagi zavodida ishlab chiqarishni to'xtatadi
Elektr avtomobil ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi Germaniya poytaxti Berlin yaqinidagi zavodida avtomobil ishlab chiqarishning ko'p qismini ikki haftaga to'xtatib qo'yadi.

“Butlovchi qismlar yetishmasligi sababli biz 29-yanvardan 11-fevralgacha Berlin-Brandenburg Gigafactory’da avtomobil ishlab chiqarishni toʻxtatib qoʻyishga majburmiz, ayrim kichik hududlar bundan mustasno”, deyiladi kompaniya bayonotida.

Kompaniya komponentlar tanqisligini Qizil dengizdagi inqiroz tufayli yuk tashish yo'nalishlarining o'zgarishi bilan izohladi.

“Qizil dengizdagi qurolli mojarolar sabab Yevropa va Osiyo o‘rtasida qatnayotgan yuk kemalarining yo‘nalishlari o‘zgarishi natijasida Gryunxayde shahridagi zavod faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tashuv vaqtining sezilarli ravishda cho‘zilishi tovar yetkazib berish zanjirida uzilishlarni keltirib chiqarmoqda”, deyiladi bayonotda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing