Tesla tarixida birinchi jonli yorug‘lik shousi namoyish etildi
Texnologiya
Tesla kompaniyasi o‘zining texnologik imkoniyatlarini yana bir bor namoyish etib, tarixda ilk bor jonli yorug‘lik shousini o‘tkazdi. Ushbu tomosha Emmy mukofotiga nomzod bo‘lgan mashhur DJ Ravidrums ishtirokida jonli ijro bilan bezatildi. Bu haqida Ilon Mask o'zining X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.
Tesla’ning yorug‘lik shoulari va Tesla Toybox jamoalari ushbu tadbir uchun maxsus 145 ta moslashtirilgan yorug‘lik shousini tayyorladi. Ushbu ajoyib namoyish The X Takeover doirasida o‘tkazilib, tomoshabinlarga unutilmas taassurot qoldirdi.
Shuningdek, ushbu shou tashkil etilishida Tesla Club Austria jamoasi katta hissa qo‘shdi. Ular maxsus yorug‘lik shousining shakllanishiga yordam berib, tadbir uchun Avstriyadan kelganiga alohida minnatdorchilik bildirildi.
Tadbir davomida "Keling, hayotni va sayohatni nishonlaylik! Birgalikda biz hamma narsaga erisha olamiz!" degan shior yangradi.
Tesla’ning bu kabi futuristik tadbirlari texnologiya va san’atning uyg‘unlashishi mumkinligini ko‘rsatib, kompaniyaning kreativ yondashuvini namoyon etmoqda. Balki bu Teslaning dunyo bozorida nufuzi biroz pasaya boshlagandan keyin "mana bizni ko'rib qo'ying" degan ma'noda tashkillashtirilgan bo'lsa ajab emas.

Powered by Froala Editor