Texasdagi suv toshqini 80 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Dunyo
Markaziy Texasda so‘nggi o‘n yillikdagi eng halokatli toshqinlardan biri yuz berdi. Kerrville shahrida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi, yana ko‘plab fuqarolar bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Qutqaruv-tahlil ishlari to‘rtinchi kundirki davom etmoqda.
CNN xabariga ko‘ra, Texas shtatida yuz bergan kuchli toshqin oqibatida halok bo‘lganlar soni 80 nafarga yetdi. Qurbonlar orasida 28 nafar bola ham bor. Yana Camp Mystic yozgi oromgohidagi 10 nafar qizcha bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida qolmoqda.
Tabiiy ofat juma tongida sodir bo‘ldi. Kutilganidan ikki baravar ko‘p yog‘ingarchilik bo‘lishi natijasida Guadalupe daryosi toshib, Kerrville shahrini suv bosdi. Eng ko‘p qurbonlar aynan shu hududda qayd etilgan — 68 kishi halok bo‘lgan.
Qutqaruvchilar hali ham ishlamoqda. 850 dan ortiq odam qutqarilgan, ayrimlar daraxtlarga osilib qolib, hayotlarini saqlab qolishgan.
Toshqin hududida vertolyotlar, dronlar va boshqa texnikalar yordamida qidiruv ishlari olib borilmoqda. Biroq tuproq yumshoq, iflos, ilonlar ko‘p va havo issiq bo‘layotgani qutqaruvchilarga qo‘shimcha muammo tug‘dirmoqda.
Texas jamoat xavfsizligi departamenti rahbari Freeman Martinning aytishicha, suv qaytgan sari yangi hududlarga kirish imkoniyati ochilmoqda va halok bo‘lganlar soni yana oshishi mumkin.

Powered by Froala Editor