Texnoparkda yong‘in: ikki kishi halok bo‘ldi, besh kishi shifoxonada
O'zbekiston
1-may kuni ertalab poytaxtning Yakasaroy tumanidagi texnopark hududida keng ko‘lamli yong‘in sodir bo‘lib, ikki kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Favqulodda holat soat 07:00 atrofida Qushbegi ko‘chasidagi sintepon ishlab chiqarish sexida sodir bo‘lgan.
FVV xabariga ko‘ra, yong‘in soat 08:09 da bartaraf etilgan. Biroq hududni ko‘zdan kechirish chog‘ida qutqaruvchilar ikki nafar halok bo‘lganlarning jasadini topishdi. Yana besh kishi turli darajadagi tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Dastlabki taxminga ko‘ra, yong‘inga ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonning buzilishi sabab bo‘lgan. Fojia tafsilotlari aniqlanmoqda.
Dastlabki taxminga ko‘ra, yong‘inga ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonning buzilishi sabab bo‘lgan. Fojia tafsilotlari aniqlanmoqda.
Powered by Froala Editor