TikTok Tako nomli AI chatbotini sinovdan o‘tkazmoqda

Texnologiya

TikTok platformasi Tako nomli chatbotni sinovdan o‘tkazmoqda, u turli xil savollarga javob berish va ilova foydalanuvchilari bilan suhbatlashish qobiliyatiga ega. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

TikTok Tako nomli AI chatbotini sinovdan o‘tkazmoqda
“Biz doimo foydalanuvchilarimizga foydasi tegadigan yangi texnologiyalarni o'rganamiz va ko'ngilochar, ijodkorlarni ilhomlantiradigan va madaniyatni rivojlantiradigan xavfsiz joy yaratishda davom etamiz”,degan kompaniya matbuot kotibi.

Foydalanuvchilar undan savol soʻrashlari va o'z ma'lumotlarini o'chirishni tanlashlari mumkin, ammo chatbot bilan shaxsiy ma'lumotlarni baham ko'rmaslik haqida ogohlantirilmoqda. Shuningdek, tibbiy, huquqiy yoki moliyaviy maslahatlar borasida faqat botga tayanmaslik tavsiya etilyapti, chunki Takoning fikri sun’iy intelekt tomonidan yaratiladi va notoʻgʻri boʻlishi ham mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing