Tim Kuk Apple bosh direktori lavozimidan ketishi mumkin

Biznes

Bloomberg axborot agentligining xabar berishicha, Apple kompaniyasi bosh direktori Tim Kuk 13 yillik faoliyatidan so‘ng lavozimini tark etishi mumkin.

Tim Kuk Apple bosh direktori lavozimidan ketishi mumkin
Ma’lum qilinishicha, 65 yoshli Tim Kuk iste’foga chiqishni ko‘rib chiqmoqda, biroq kompaniyadan butunlay ketish niyatida emas.

Bloomberg’ning yozishicha, Tim Kuk lavozimini topshirgach ham Apple’ning strategik faoliyatida ishtirok etishda davom etadi. U kompaniya kuzatuv kengashi raisi lavozimini egallashi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Agentlik jurnalisti Mark Gurmanning ma’lumotiga ko‘ra, bosh direktor lavozimiga asosiy nomzod sifatida Apple apparat ta’minoti bo‘limi rahbari Jon Ternus ko‘rilmoqda.

Tim Kuk 2011 yilda Stiv Jobsdan so‘ng bosh direktor lavozimini egallagan edi. Uning rahbarligi davrida kompaniya mahsulot turlarini kengaytirib, jahonning eng qimmat texnologik brendlaridan biriga aylandi.

Apple kompaniyasi hozircha bu xabarlar yuzasidan rasmiy izoh bermagan, biroq Bloomberg manbalariga ko‘ra, rahbar almashinuvi jarayoni bir necha yildan beri ichki muhokamada bo‘lib kelmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing