TIV O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kiritilmayotganligi haqidagi maʼlumotlarni rasman rad etdi

O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2 may kuni Telegram ijtiomiy tarmog‘ining turli kanallarida e’lon qilingan O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kiritilmayotganligi haqidagi xabarlarni rasman rad etdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

TIV O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kiritilmayotganligi haqidagi maʼlumotlarni rasman rad etdi
«Tashqi mehnat migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi Vakolatxonasi tomonidan mazkur holatni o‘rganish maqsadida Moskva shahridagi “Vnukova”, “Sheremetevo”, “Domodedova” aeroportlarining mas’ul xodimlari bilan bog‘lanilib, holatga aniqlik kiritilganda, Moskva shahridagi Domodedovo, Vnukova, Sheremetova aeroportlarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasi hududiga qo‘yilmayotganligi yoki uzoq vaqt davomida ushlab turish holatlari kuzatilmayotganligi aniqlandi», — deyiladi bayonotda.

Bundan tashqari, Orenburg, Samara va Saratov viloyatlaridagi “Ozinki”, “Mashtakovo”, “Sagarchin” kabi nazorat-o‘tkazish punktlari orqali O‘zbekiston fuqarolarining Rossiya hududiga kirishini taqiqlash holatlari kuzatilmagani ta’kidlangan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing