Tojikiston BMTda futbol orqali yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tashabbuslarni taqdim etdi
Sport
Tojikiston BMT maydonida futbol va raqamli texnologiyalar yordamida yoshlarning ruhiy salomatligini mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarini taqdim etdi. Ushbu loyihalar sport, zamonaviy kommunikatsiyalar va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni samarali uyg‘unlashtirgan muvaffaqiyatli tajriba sifatida e'tirof etildi.
BMTda o‘tkazilgan «Bir dunyo, bir o‘yin, bir maqsad» nomli yuqori darajadagi tadbir Tojikistonning BMTdagi Doimiy vakolatxonasi hamda BMTning Yoshlar ishlari bo‘yicha boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi. Unda sport va raqamli platformalarning yoshlar ruhiy salomatligini mustahkamlash, ijtimoiy integratsiyani kengaytirish va inklyuziv muhit yaratishdagi o‘rni muhokama qilindi.
Tadbirda Tojikiston Futbol federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Xurshed Mirzo, FIFA prezidenti Janni Infantino va BMT Bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Felipe Paulye ishtirok etdi. Ular futbol yoshlarni birlashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ruhiy farovonlikni qo‘llab-quvvatlashda muhim vosita ekanini ta'kidladi.
Shuningdek, Tojikiston Futbol federatsiyasi prezidenti va CAFA rahbari Rustam Emomalining 25-mayni Butunjahon futbol kuni deb e'lon qilish tashabbusi yana bir bor e'tirof etildi. Tadbirda Tojikiston Futbol federatsiyasi va YUNISEF hamkorligidagi «To‘pni boshqasiga uzat» axborot kampaniyasi ham yoshlar ruhiy salomatligini targ‘ib etishning muvaffaqiyatli namunasi sifatida namoyish etildi.

Powered by Froala Editor