Tojikiston va O'zbekiston investitsiya aloqalarini chuqurlashtirmoqda

Iqtisodiyot

12-mart kuni Dushanbe shahrida Tojikiston va O'zbekiston investitsiya forumiga tayyorgarlik masalasi muhokama qilindi. Bu haqda “Xovar” axborot agentligi xabar berdi.

Tojikiston va O'zbekiston investitsiya aloqalarini chuqurlashtirmoqda
Uchrashuvda Tojikiston va O'zbekiston o'rtasidagi investitsiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirishning hozirgi holati va istiqbollari, shu jumladan tomonlar muhokama qilayotgan ustuvor loyihalar, xususiy investitsiyalarni jalb etish, Tojikiston va O'zbekiston investitsiya forumini o'tkazish hamda Tojikiston va O'zbekiston investitsiya kompaniyasi faoliyati muhokama qilindi.

Tomonlar Tojikiston va O'zbekistonning xususiy sektori va investitsiya kompaniyasini jalb etish, to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar hajmini oshirish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning birinchi olti oyida Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Tojikiston va O'zbekiston investitsiya forumini o'tkazish orqali ustuvor loyihalarni moliyalashtirish sohasida bundan buyon ham hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, 2024-yil 1-yanvar holatiga ko'ra, Tojikistonda O'zbekiston tadbirkorlari ulushiga ega 90 ta korxona ro'yxatga olingan, 2007–2023-yillar davomida Tojikiston iqtisodiyotiga $74,1 million kapital tushgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing