Dollar’da prezident imzosi: AQSh noodatiy emissiyaga tayyorlanmoqda
Iqtisodiyot
AQShda 100 dollarlik yangi banknotalarda Donald Trampning imzosini joylashtirish rejalashtirilmoqda — bu tarixda amaldagi prezidentning valyutada aks etishi mumkin bo‘lgan ilk holat.
AQSh moliya vaziri Skott Bessent mamlakat mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlangan yangi 100 dollarlik banknotalarda prezident Donald Trampning imzosini joylashtirish rejalari haqida ma’lum qildi.
An’anaga ko‘ra, AQSh banknotalarida faqat moliya vaziri va g‘aznachi imzolari bo‘ladi, biroq yubiley emissiyasida ularga amaldagi prezident imzosi ham qo‘shiladi.
Bessentning ta’kidlashicha, bu qaror muhim tarixiy sanani va mamlakat yutuqlarini ramziy tarzda nishonlashga xizmat qiladi.
Tramp va Bessent imzolari tushirilgan ilk banknotalarni iyun oyida chop etish rejalashtirilgan.
Hozirgi muomaladagi kupyuralarda sobiq prezident Jo Bayden davridagi moliya vaziri Janet Yellen va g‘aznachi Linn Malerba imzolari mavjud.
Yangi emissiya AQSh valyutasi tarixida o‘ziga xos voqea bo‘lishi mumkin.

Powered by Froala Editor