Ozarbayjon YI ning Usmanov va Fridman bo‘yicha qaroridan so‘ng Marten Rayanni afv etdi

Dunyo

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 23 sentyabr kuni 20 nafar mahkumni, jumladan Fransiya fuqarosi Marten Rayanni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Qaror Yevropa Ittifoqi Alisher Usmanov va Mixail Fridmanni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarish haqidagi qaroridan bir kun keyin qabul qilindi.

Ozarbayjon YI ning Usmanov va Fridman bo‘yicha qaroridan so‘ng Marten Rayanni afv etdi
Farmonda afv etishda mahkumlarning shaxsi, sog‘lig‘i, oilaviy holati, jinoyatlarning xususiyati, jazoni o‘tagan muddati va qamoqdagi xulqi hisobga olingani qayd etilgan. 1988-yilda tug‘ilgan Rayan 2026-yil 16-mart kuni Boku Og‘ir jinoyatlar sudi tomonidan hukm qilingan.

Fransiyalik biznesmen 2023-yil dekabrida Ozarbayjonda hibsga olingan va Fransiya maxsus xizmatlari foydasiga josuslik qilishda ayblangan. Rayan va Fransiya hukumati ayblovlarni rad etgan.

Avvalroq uning ozod etilishi YIda Usmanovga qarshi sanksiyalar masalasi bilan bog‘langan edi. Reuters xabariga ko‘ra, Fransiya Usmanovni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishni qo‘llab-quvvatlagan, Yevropalik diplomatlar esa Parij pozitsiyasini Ozarbayjonda hibsga olingan fransuz fuqarolari masalasi bilan bog‘lagan. Boku bunday aloqani rad etgan.

22 sentyabr kuni YI qariyb 3 ming nafar rossiyalik jismoniy va yuridik shaxsga qarshi sanksiyalarni yana uch yilga uzaytirib, Usmanov va Fridmanni ro‘yxatdan chiqardi.

Rayaning afv etilishi ushbu qarorlar fonida yuz berdi, biroq Ozarbayjon prezidentining rasmiy farmonida bu ikki voqea o‘rtasida bog‘liqlik ko‘rsatilmagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing