Tolibboy Yo‘ldashev – Paralimpiya chempioni

Sport

Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasining navbatdagi yutuqlari davom etmoqda. F37 klassidagi disk uloqtirish bo‘yicha final bahsida hamyurtimiz Tolibboy Yo‘ldashev 57.28 metr natija qayd etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Tolibboy Yo‘ldashev – Paralimpiya chempioni
Bu g‘alaba O‘zbekiston delegatsiyasining Paralimpiya o‘yinlaridagi umumiy hisobini yanada boyitdi. Tolibboyning bu yutug‘i para yengil atletika sohasidagi O‘zbekiston sportchilari orasida muhim voqea bo‘lib, xalqaro maydonda yurtimiz bayrog‘ini yana bir bor baland ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.

Shuningdek, ushbu musobaqada ishtirok etgan boshqa sportchimiz Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev 46.79 metr natija bilan 9-o‘rinni egalladi, bu ham katta erishilgan natija sifatida e’tirof etiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing