Toshkent shahriga hokim tayinlandi

O'zbekiston

Bir yildan ortiq vaqtdan beri poytaxt hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Shavkat Umrzoqov Toshkent shahri hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi ma’lum qildi.

Toshkent shahriga hokim tayinlandi
“O‘tgan davr mobaynida Sh.Umrzoqov "O‘zbekiston-2030" strategiyasida o‘z ifodasini topgan, Toshkent shahri aholisi va mehmonlarining qulayligi va xavfsizligini ta’minlash, investitsion biznes-muhitni yaxshilash, va ekologik barqarorlikka erishishga qaratilgan maqsadlar sari sobitqadamlik bilan borayotgan, qatiqqo‘l va adolatli rahbar ekanligini namoyon qildi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 24-mart kuni Sh. Umrzoqovni Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlagan edi va bugun Sh. Umrzoqov ushbu lavozimda tasdiqlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing