Toshkent viloyatida Geely elektromobillari ishlab chiqariladi

O'zbekiston

Loyihaga kelasi yili start berilib, dastlabki bosqichda yig‘uv sexi quriladi, ikkinchi bosqichda esa ishlab chiqarish joriy etiladi.

Toshkent viloyatida Geely elektromobillari ishlab chiqariladi
Toshkent viloyatida Xitoyning Geelly kompaniyasi bilan hamkorlikda elektromobil ishlab chiqarilishi mumkin. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Xitoyning Shandun provinsiyasida bo‘lib o‘tayotgan ikki tomonlama muzokaralarda bu haqida dastlabki kelishuvga erishilgan.

Dastlabki bosqichda yig‘uv sexi quriladi, ikkinchi bosqichda esa ishlab chiqarish joriy etiladi.

Loyihaga 2024-yili start berilishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing