Toshkent xalqaro aeroportida qurilish ishlari boshlandi
O'zbekiston
Hozirda aeroport yiliga 7 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, rekonstruksyadan keyin bu ko‘rsatkich 13 mln.ga yetadi.
Toshkent xalqaro aeroportida keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari boshlandi. Unga ko‘ra, xalqaro aviakompaniyalar terminali maydoni ikki barobarga oshadi, jo‘nab ketish zonasiga kirish joyi o‘zgaradi, kelish va jo‘nab ketish zallari yagona majmuaga birlashtirilib, ikkinchi qavatda ochiq ayvon quriladi.
Ayni paytda “Toshkent” aeroporti xalqaro terminalining o‘tkazish quvvati yiliga 7 million yo‘lovchini tashkil etadi. Joriy yilda poytaxt havo bandargohi orqali 6,8 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish rejalashtirilgan. Xalqaro terminalni kengaytirish loyihasini amalga oshirish 2 bosqichda amalga oshiriladi va 2025-yil oxirigacha davom etadi. Qurilish tugallangach, aeroportning o‘tkazish qobiliyati yiliga 13 million yo‘lovchiga yetkaziladi.
Qayta qurishning muhim bosqichi bagajga ishlov berish tizimini modernizatsiya qilish bo‘ladi. Yangi tizimning o‘rnatilishi bilan aeroport real vaqt rejimida har bir yo‘lovchining bino ichidagi yuklari harakatini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi, bu esa yo‘qotishlarni minimallashtirish va yuklarni samolyotga o‘z vaqtida yuklash imkonini beradi. Shuningdek, bagajni saralash bo‘yicha yangi maydonning barpo etilishi va bagajga ishlov berish uskunasining o‘rnatilishi ayrim reyslar yo‘lovchilariga parvozdan 24 soat oldin ro‘yxatdan o‘tish va bagajni ro‘yxatdan o‘tkazish imkonini beradi.

Powered by Froala Editor