Toshkentda dengizga chiqish imkoniga ega bo‘lmagan davlatlar uchun xalqaro forum boshlandi

O'zbekiston

Toshkent shahrida 5-6 sentyabr kunlari "Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari" mavzusida yirik xalqaro forum o‘tkazilmoqda. Tadbirda 30 dan ortiq davlat vakillari, xalqaro moliya tashkilotlari va qator ekspertlar ishtirok etmoqda.

Toshkentda dengizga chiqish imkoniga ega bo‘lmagan davlatlar uchun xalqaro forum boshlandi
Forumning asosiy maqsadi dengizga chiqish imkoniga ega bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosini yaxshilash va logistika bilan bog‘liq muammolarni hal qilishdir. Bugungi ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, FAO bosh direktori Syuy Dun’yuy va BMT vakillari so‘zga chiqdi.

Bosh vazir Abdulla Aripov o‘z nutqida O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligida olib borilgan islohotlar haqida so‘z yuritdi. Xususan, paxta va g‘alla maydonlari qisqartirilib, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oshirilgani, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish orqali hosildorlikning sezilarli ravishda ko‘paygani qayd etildi.

Shuningdek, O‘zbekistonda 2030 yilgacha qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Ushbu strategiya doirasida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ikki barobarga oshirish va eksport hajmini sezilarli darajada ko‘paytirish rejalashtirilgan.

Meva-sabzavot va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari eksporti 2017 yilga nisbatan ikki barobarga o‘sib, 2 milliard dollarga yetdi. Shu bilan birga, xalqaro indekslarda ham O‘zbekistonning oziq-ovqat xavfsizligi ko‘rsatkichlari sezilarli darajada yaxshilandi.

Global ochlik indeksi bo‘yicha O‘zbekiston 2023 yilda 21-o‘rinni egalladi, bu mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida erishgan yutuqlarini ko‘rsatmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing