Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi ochilmoqda
O'zbekiston
17 mart kuni Toshkent shahrida mamlakatdagi eng yirik madaniy loyihalardan biri — Islom sivilizatsiyasi markazi ochiladi. U allaqachon dunyodagi eng go‘zal muzey majmualaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Yangi markaz nafaqat muzey, balki tarix, ilm-fan va ma’naviy merosni birlashtiruvchi yirik madaniy-ma’rifiy maskan sifatida tashkil etilgan. Uning asosiy maqsadi — islom sivilizatsiyasining fan, san’at va jamiyat rivojiga qo‘shgan hissasini namoyish etishdir.
Markaz xalqaro muloqot, ilmiy tadqiqotlar va madaniy merosni targ‘ib qilish uchun muhim platformaga aylanishi kutilmoqda.
Shu kuni mamlakat hududlarida Prezident Shavkat Mirziyoyev nomidan iftorlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Mazkur markazning ochilishi O‘zbekistonning madaniy siyosatini mustahkamlash va tarixiy merosini xalqaro miqyosda targ‘ib etishda muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Powered by Froala Editor