Toshkentda kreativ iqtisodiyotning kelajagi muhokama qilinmoqda
Iqtisodiyot
2-oktabr kuni Toshkentda ijod va innovatsiyaga ishonganlar uchun muhim voqea – Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon konferensiyasi boshlandi. Ushbu tadbirga 80 dan ortiq mamlakatdan 2000 dan ziyod ishtirokchi yig‘ildi.
Konferensiya doirasida ishtirokchilar kreativ sohalarning global kelajagini, tajriba almashish va yangi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilmoqda. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Saida Mirziyoyeva ishtirok etib, "Toshkent shahrida ijod va innovatsiya kuchiga ishongan har bir inson uchun muhim voqea — Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon konferensiyasi boshlandi," deya ta’kidladi.
Konferensiya davomida dunyo miqyosidagi kreativ iqtisodiyotning rivoji va innovatsion yondashuvlar yuzasidan muhim qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.
Konferensiya davomida dunyo miqyosidagi kreativ iqtisodiyotning rivoji va innovatsion yondashuvlar yuzasidan muhim qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.
Powered by Froala Editor