Toshkentda O‘zbekiston-Germaniya ishbilarmonlar kengashi doirasida Biznes-forum o‘tkazildi

Biznes

Bugun, 5-iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston - Germaniya ishbilarmonlar kengashining navbatdagi majlisi doirasida Biznes-forum o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda O’zR Bosh vazirining matbuot kotibi.

Toshkentda O‘zbekiston-Germaniya ishbilarmonlar kengashi doirasida Biznes-forum o‘tkazildi
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Germaniya iqtisodiyotining Sharqiy qo‘mitasi bosh direktori Mixael Xarms hamraisligida o‘tgan Biznes-forumda ikki mamlakat yetakchi firma va kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.

Biznes-forumda nemis kompaniyalarining ilg‘or tajribalari asosida “yashil” energetika, IT, transport, infratuzilmani rivojlantirish, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalardagi loyihalarni birgalikda amalga oshirishdan manfaatdorlik bildirildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing