Toshkentdan Issiqko‘lga poyezd 2025-yildan qatnay boshlashi ma’lum bo’ldi

O'zbekiston

2025 yil yozida “Toshkent-Ribache” yo‘nalishida turistik poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yiladi.

Toshkentdan Issiqko‘lga poyezd 2025-yildan qatnay boshlashi ma’lum bo’ldi
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar temir yo‘l transporti bo‘yicha Kengashning 81-yig‘ilishi doirasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Z.Narzullaev va "Qirg‘iz temir yo‘li" davlat korxonasi rahbari Azamat Sakiev o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida yuk tashish hajmlarini oshirish va tarif chegirmalarini qo‘llash masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida asosiy yuklar — ko‘mir, sement va boshqa mahsulotlarni tashishda “Temiryo‘lkargo” AJ yuk vagon parklaridan foydalanish hamda tarozi xo‘jaligi ob’yektlarini ta’mirlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing