Tramp: Bizsiz Ukraina qulagan bo‘lardi

Dunyo

AQSH prezidenti Donald Tramp The Atlantic nashriga bergan intervyusida Amerika qurollari, jumladan, Javelin raketa tizimlari Ukraina mudofaasida muhim rol o‘ynaganini aytdi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, bu yordamsiz "Ukraina tez orada mag‘lub bo‘lardi."

Tramp: Bizsiz Ukraina qulagan bo‘lardi
Jurnalist Jeffri Goldbergning Tramp nega Rossiyaga qarshi turgan davlatlarga o‘zidan oldingi prezidentlar Reygan, Karter va Kennedi kabi hamdardlik bildirmayotgani haqidagi savoliga prezident uning asosiy maqsadi Qo‘shma Shtatlarni qutqarish ekanini aytdi.

"Men bu mamlakatni qutqaryapman deb o‘ylayman. Keling, haqiqatga tik qaraylik: men Ukrainaga katta xizmat ko‘rsatyapman, deb o‘ylayman," - dedi Tramp va birinchi prezidentlik davrida ham Kiyevga ko‘pchilik kutmagan darajada yordam berganini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing