Tramp Eronga imkoniyat berdi
Dunyo
Fors ko‘rfazi arab davlatlari Eron atrofidagi keskinlik kuchaygan pallada diplomatik tashabbus bilan chiqib, AQSh prezidenti Donald Trampni harbiy ssenariydan voz kechishga ko‘ndirdi.
Saudiya Arabistoni, Qatar va Ummon AQSh ma’muriyati bilan faol muzokaralar olib borib, prezident Donald Trampni Eronga zarba bermaslikka ishontirdi. Bu haqda AFP agentligiga Saudiya Arabistonining yuqori martabali rasmiysi ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Fors ko‘rfazi mamlakatlari so‘nggi daqiqalarda keskin va uzoq davom etgan diplomatik sa’y-harakatlar orqali Vashingtonni Tehronga keskinlikni kamaytirish imkoniyatini berishga undagan. Hozirda tomonlar erishilgan ishonchni mustahkamlash va ijobiy muhitni saqlab qolish maqsadida muloqotni davom ettirmoqda.
Eronning Pokistondagi elchisi Rezo Amiri Mog‘addamning bildirishicha, Donald Tramp Tehronga hujum bo‘lmasligi haqida xabar bergan va buning evaziga Eronni mintaqadagi AQSh obyektlariga zarba bermaslikka chaqirgan.
Avvalroq Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab davlatlari AQShni Eronga qarshi harbiy harakatlardan tiyilishga chaqirib, bunday ssenariy neft bozorlarini beqarorlashtirishi va oxir-oqibat AQSh iqtisodiyotiga ham zarar yetkazishini ta’kidlagan edi.

Powered by Froala Editor