Tramp Netanyaxuni Oq uyda qabul qilmoqda
Dunyo
G‘azodagi tinchlik, Eronga qarshi harakat va Isroilning harbiy yordami - Tramp va Netanyaxuning Vashingtondagi uchrashuvining asosiy mavzulari.
4 fevral, seshanba kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSH prezidenti Donald Tramp inauguratsiyadan keyin qabul qiladigan birinchi xorijiy davlat rahbari bo‘ladi. Oq uyda bo‘lib o‘tadigan muzokaralar G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish, Eronni jilovlash va ikki davlatning harbiy sohadagi hamkorligini davom ettirishga bag‘ishlanadi.
Muzokaralar murakkab mintaqaviy muammolar fonida o‘tmoqda: G‘azodagi kelishuv nozikligicha qolmoqda, Isroil va Livandagi "Hizbulloh" o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimning amal qilish muddati yakuniga yaqinlashmoqda va Tehronning yadroviy tahdidi hamon xavotir uyg‘otmoqda. Netanyaxu, shuningdek, AQShdan qurol-yarog‘ yetkazib berishni davom ettirish kafolatlarini olish niyatida.
Uchrashuv arafasida Tramp Yaqin Sharq bo‘yicha muzokaralar "rivojlanayotganini" aytdi, ammo tafsilotlarni oshkor qilmadi. Muzokaralardan so‘ng yetakchilar birgalikda matbuot anjumani o‘tkazishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor