Tramp Oq uyda iftorlik o‘tkazdi
Dunyo
AQSH prezidenti Donald Tramp ikkinchi muddat davomida birinchi marta Oq uyda Amerika musulmon jamiyati vakillari va musulmon davlatlari diplomatlari uchun rasmiy iftorlik tashkil qildi.
Tramp o‘z nutqida musulmon saylovchilarga 2024-yilgi saylovlarda qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi va uning ma’muriyati hamjamiyat oldidagi va’dalarini bajarayotganiga ishontirdi.
Tadbirda Saudiya Arabistoni, Misr, BAA, Qatar, Livan, Pokiston va boshqa davlatlar vakillari ishtirok etdi. Trampning aytishicha, uning ma’muriyati Yaqin Sharqda tinchlikka erishish uchun diplomatik sa’y-harakatlarni davom ettirmoqda.
Amerika yetakchisi o‘z g‘alabasida muhim rol o‘ynagan Michigan shtati musulmonlariga alohida minnatdorchilik bildirdi. "Men sizlarni qo‘llab-quvvatlayman," - dedi prezident va musulmonlar jamoasi bilan hamkorlikni davom ettirish muhimligini qayd etdi.

Powered by Froala Editor