Tramp zamonaviy dunyodagi, aqldan ozgan transgenderlikka chek qo'ymoqchi
Dunyo
AQSHning 47-prezidenti Donald Tramp o‘z ma’muriyatining birinchi kunidan boshlab armiyada, maktablarda va sportda transgenderlarga qaratilgan siyosatdan voz kechishini va’da qildi.
Tramp yakshanba kuni o‘z prezidentligi boshlangach, "transgenderlar bilan bog‘liq aqldan ozgan siyosatni" to‘xtatishga va’da berdi. Bu va’da, respublikachilar Kongressning ikkala palatasini va Oq uyni nazorat qiladigan sharoitda aytildi.
“Men bolalarning jinsini o‘zgartirish bo‘yicha jarrohlik amaliyotlarini to‘xtatish uchun farmonga imzo chekaman, armiyada, boshlang‘ich, o‘rta va yuqori maktablarimizda transgenderlarga oid siyosatdan voz kechaman”, — dedi
Tramp Arizona shtatining Feniks shahrida yosh konservatorlar uchun tashkil etilgan tadbirda.
Shuningdek, u "erkaklarning ayollar sportiga kirishiga yo‘l qo‘ymasligini" ta'kidladi va "Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumati rasmiy ravishda faqat ikkita jinsni — erkak va ayol jinsini tan oladi", dedi.
O‘tgan hafta Kongress yillik mudofaa byudjetini tasdiqlaganida, unda transgender bolalar uchun, ayniqsa armiyada xizmat qilayotgan ota-onalar farzandlari uchun ayrim yordam turlarini moliyalashtirishni to‘xtatadigan band kiritildi.
Yakshanba kungi nutqida Tramp o‘zining ikkinchi muddat dasturini e’lon qildi va amaldagi prezident Jo Bayden va vitse-prezident Kamala Harrisni keskin tanqid qildi.
“20-yanvarda Qo‘shma Shtatlar to‘rt yillik dahshatli muvaffaqiyatsizliklar, bilimsizlik va milliy tanazzul sahifasini abadiy yopadi va tinchlik, farovonlik hamda milliy buyuklikning yangi davrini boshlaydi,” dedi Tramp.
U shuningdek, quyidagi va’dalarni berdi:
- “Ukrainadagi urushni to‘xtataman.”
- “Yaqin Sharqdagi betartiblikka chek qo‘yaman va va’da beramanki, Uchinchi jahon urushining oldini olaman.”
- “Men faxr bilan aytaman: Amerika uchun oltin asr boshlanmoqda,” dedi Donald Tramp.

Powered by Froala Editor