Turkiston va Samarqand oʻrtasida aviaqantovlar yo’lga qo’yildi

O'zbekiston

Qazaq Air aviakompaniyasining IQ 509 reysidagi samolyoti 66 yo‘lovchi bilan O‘zbekistonning eng qadimiy shaharlaridan birining aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda CentralMediaNews xabar bermoqda.

Turkiston va Samarqand oʻrtasida aviaqantovlar yo’lga qo’yildi
Turkistondan Samarqandga birinchi parvoz 22-mart kuni soat 21:20 da amalga oshirildi. Yo'lovchilarni milliy o'zbek liboslarida musiqachilar va qizlar iliq kutib olishdi.

"2024-yilda Turkiston va Samarqand oʻrtasida aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilishi juda ramziy maʼnoga ega. Axir bu yili Turkiston TDTning sayyohlik poytaxti, Samarqand esa MDHning madaniy poytaxti deb eʼlon qilindi", — dedi Kazakh Tourism milliy kompaniyasi rasmiy vakili Alisher Tursin.

Eslatib oʻtamiz, Turkiston shahri Qozogʻistonning janubida, Chimkentdan 160 kilometr shimoli-gʻarbda joylashgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing