Turkiya Gretsiya bilan chegara hududda devor to‘siqlar quryapti
Dunyo
Turkiya mamlakat xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha yangi choralar doirasida, Gretsiya bilan g‘arbiy chegara hududda devor va to‘siqlar qurishga kirishdi. Bu haqida Kazinform xabar berdi.
Bu qaror Turkiyaning chegaralarini mustahkamlash siyosatini kuchaytirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda. Mamlakat g‘arbida qurilayotgan yangi to'siqning umumiy uzunligi 8,5 kilometr ni tashkil etadi.
Mazkur chora-tadbirlar migratsiya oqimlarini nazorat qilishni kuchaytirish va noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishga qaratilgan. Chegaraga devor va to‘siqlar qurish orqali mintaqadagi xavfsizlikni oshirish va noqonuniy chegarani kesib o‘tish bilan bog‘liq xavflarni kamaytirish ko‘zda tutilgan. Bu loyiha ayniqsa, qo‘shni mamlakatlardagi iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar sababli Turkiyaning g‘arbiy chegarasidan noqonuniy o‘tishga urinishlarining ko‘payishi ortidan amalga oshirilmoqda.
Turkiya rasmiylari mazkur yangi inshoot kontrabanda va boshqa noqonuniy harakatlarga qarshi kurashda ham muhim rol o‘ynashini ta’kidlamoqda. Edirne shahri meri Yunus Sezer o‘tgan yilning sentabr oyida 325 kilometr uzunlikdagi chegara yo‘llarini obodonlashtirish va qurish ishlari yakunlangani haqida ma’lum qildi. Shu yilning o‘zida Turkiya Ichki ishlar vazirligi va Milliy mudofaa vazirligi ko‘magida optik-elektron kuzatuv minoralari hamda boshqa texnik vositalarni qurish ishlari davom ettiriladi.
"Bu yil ilk bor g‘arbiy chegaramizda jismoniy xavfsizlik choralarini joriy etmoqdamiz, bunda devor va to‘siqlar quriladi. Ilgari faqat patrul marshrutlari mavjud edi. Hozirgacha patrul yo‘llari qurib bitkazildi. Endi esa, mamlakatimiz sharqiy chegarasidagi tajriba asosida, ma’lum miqdorda devor va to‘siqlar barpo etamiz", deydi mutaxassislar.
Ekspertlarning fikricha, devor va to‘siqlarning qurilishi Turkiyaning xavfsizlik va tashqi chegaralarni nazorat qilish borasidagi siyosatini kuchaytirayotganidan dalolat beradi.
Ma'lumot o'rnida, Turkiyaning Eron bilan chegarasidagi Van viloyatida ham xavfsizlikni mustahkamlash maqsadida beton devor qurish va xandaqlar qazish ishlari davom etmoqda.

Powered by Froala Editor