Turkiya o‘z raketasini koinotga uchiradi – Erdo‘g‘an

Dunyo

Alper Gezeravchi Turkiya tarixidagi birinchi kosmonavtga aylangan.

Turkiya o‘z raketasini koinotga uchiradi – Erdo‘g‘an
Turkiya o'z raketasini koinotga uchirmoqchi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Eskishehirda yoshlar oldidagi nutqida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda “TRT Haber”.

Erdo‘g‘an o‘z nutqida Turkiyaning astronavtlar tayyorlash dasturini tilga olgan va uni Turkiyaning kosmik tadqiqotlardagi yangi tarixiy qadami deb atagan.

“Kelgusi yillarda biz ushbu dasturlar doirasida tayyorlagan kosmonavtlar bilan oʻz raketamizni koinotga joʻnatamiz”, deya ta’kidlagan Turkiya rahbari.

Ma’lumot uchun, 2023-yilning 12-sentabr kuni NASA va “Axiom Space” “SpaceX AX-3” (“Axiom Mission 3”) kosmik missiyasi ekipajini shakllantirish ishlari yakunlanganini e’lon qilgan edi, uning tarkibiga Alper Gezeravchi ham kirgan. U Turkiya tarixidagi birinchi kosmonavtga aylandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing