Turkiya Respublikasi 100 yoshga to'ldi
Dunyo
Har yili 29-oktyabrda Turkiyada Respublika kuni nishonlanadi. Bu yil Turkiyada Respublika e’lon qilinganining 100 yilligi keng nishonlanmoqda. “Bright Uzbekistan” jurnalining ikkinchi soni aynan shu voqeaga bag'ishlangan edi.

Ushbu muhim kunda, 1923-yil 29-oktyabrda davlat maqomi respublika sifatida tasdiqlandi, mamlakatning rasmiy nomi esa “Türkiye Cumhuriyeti” (Turkiya Respublikasi) deb nomlandi. Shundan so'ng Turkiyaning Buyuk Millat Majlisida saylov bo’lib o’tdi va Mustafo Kamol Otaturk Turkiya Respublikasining birinchi prezidenti etib saylandi.
Turkiya Respublikasining yuz yilligi munosabati bilan Prezident ma'muriyatining Aloqa bo’limi bir qator tadbirlarni rejalashtirdi. Bu haqda aloqa bo'limi boshlig'i Fahrettin Altun ma’lum qildi.

29-oktyabr kuni Istanbul bo‘g‘ozi ustida dronlar va feyerverklar hamrohligida ajoyib ko’rgazmali shou bo‘lib o‘tadi.
Turli tarixiy joylarda Turkiya davlat madhiyasi jo’rligida maxsus yorug'lik namoyishlari rejalashtirilgan.
Istanbulning “Üsküdar” maydonida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tashabbusi bilan raqamli tajriba ko'rgazmasi tashkil etiladi. Bu yerda so‘nggi yigirma yil davomida uning rahbarligida ro’yodan haqiqatga aylangan loyihalar taqdim etiladi. Buning barobarida, ko'rgazmada ilg'or raqamli texnologiyalardan foydalangan holda 360 ta kuzatuv maydonchasi o'rnatiladi.
Powered by Froala Editor