O‘zbekiston va Xitoy strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqmoqda

O'zbekiston

O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari ikki tomonlama aloqalardagi yuqori dinamikani davom ettirishga kelishib oldilar. Olmaota shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov hamda Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Xitoy strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqmoqda
Baxtiyor Saidov o‘zining telegram-kanalida uchrashuv tafsilotlari haqida ma’lumot berar ekan, quyidagilarni ta’kidladi, "Olmaotada Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I janoblari bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik. O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirish masalalari yuzasidan ochiq va atroflicha fikr almashdik. Suhbatimiz savdo, transport-logistika aloqalari, mintaqaviy xavfsizlik va xalqaro hamkorlik kabi keng ko‘lamli yo‘nalishlarni qamrab oldi."

Shuningdek, uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro savdo aloqalarini rivojlantirish, transport-logistika infratuzilmasini kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash va xalqaro maydonda hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini keng muhokama qildilar.

Muloqot yakunida O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari ikki davlat o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlaridagi yuqori dinamikani saqlab qolish va uni izchil davom ettirish borasida qat’iy kelishuvga erishdilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing