Termizda 15 million dollarlik TISU Cambridge xalqaro maktabi ochildi
O'zbekiston
Termiz shahrida TISU Cambridge xalqaro maktabi o‘z faoliyatini boshladi. Kembridj universiteti va Termiz iqtisodiyot va servis universiteti hamkorligida tashkil etilgan ta’lim muassasasi 15 million AQSH dollari qiymatidagi loyiha doirasida barpo etilgan bo‘lib, 480 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan.
Maktabning tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, o‘quvchilar, ularning ota-onalari, nuroniylar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ta’lim muassasasi zamonaviy o‘quv xonalari, laboratoriyalar va zarur infratuzilma bilan jihozlangan.
Ta’lim jarayoniga 17 nafar xorijiy o‘qituvchi hamda mahalliy mutaxassislar jalb etilgan. Xorijiy pedagoglarning ishtiroki o‘quvchilarga xalqaro ta’lim muhitida xorijiy tillar, zamonaviy fanlar va kelgusidagi ta’lim uchun zarur ko‘nikmalarni chuqur o‘zlashtirish imkonini beradi.
Maktabda ta’lim xalqaro dasturlar asosida tashkil etilgan bo‘lib, o‘quvchilarni O‘zbekiston va xorijdagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirishga tayyorlashga yo‘naltirilgan. TISU Cambridge International School rasmiy saytida Cambridge xalqaro standartlari O‘zbekiston milliy dasturi bilan uyg‘unlashtirilishi, shuningdek Cambridge Primary, Lower Secondary, IGCSE va A-Level dasturlari qo‘llanilishi qayd etilgan.
TISU va Cambridge universiteti o‘rtasidagi hamkorlik 2026-yil boshida yo‘lga qo‘yilgan. Fevral oyida tomonlar ingliz tilini Cambridge metodologiyasi asosida o‘qitishni takomillashtirish va TISU Cambridge International School’ni tashkil etish ustida ishlayotgani ma’lum qilingan edi.
Yangi maktabning ish boshlashi Surxondaryoda xalqaro dasturlar asosida ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirib, o‘quvchilar uchun O‘zbekiston va xorijiy universitetlarga yo‘naltirilgan qo‘shimcha ta’lim yo‘lini yaratmoqda.

Powered by Froala Editor