Husiylar Perim orolini egallab, Bob al-Mandab tomon siljidi
Dunyo
Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan yamanlik husiylar Qizil dengiz sohillaridagi pozitsiyalarini mustahkamlab, strategik Bob al-Mandab bo‘g‘ozi tomon siljidi. Juma kuni manbalar Perim oroli hamda Katta va Kichik Hanish orollari egallangani haqida ma’lum qildi. Bungacha guruh Moha port shahri va Dhubab qirg‘oq hududini nazoratiga olgan edi.
Husiylarning yurishi 3-sentabr kuni bir necha frontda boshlangan hujum fonida davom etmoqda. Guruhning harbiy vakili, brigada generali Yahyo Sari operatsiya davomida Taiz va Hudayda viloyatlaridagi umumiy maydoni 5 400 kvadrat kilometr bo‘lgan olti hududdan raqib kuchlari chiqarib yuborilganini bildirdi.
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, husiylar bevosita Bob al-Mandab bo‘g‘ozida joylashgan Perim oroliga yetib borgan. Saudiya Arabistoni tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Yaman hukumati vakili guruh «Bob al-Mandab hududi va Mayyun orolini egallashni yakunlagani», jangarilar esa bo‘g‘oz sohillari bo‘ylab joylashganini aytdi. Xalqaro miqyosda tan olingan hukumatning harbiy vakili esa AFP agentligiga Katta va Kichik Hanish orollari ham qo‘lga kiritilganini tasdiqladi. Ular bo‘g‘ozdagi husiylar nazoratida bo‘lmagan so‘nggi ikki orol edi.
Yahyo Sariyning aytishicha, Saudiya kemalaridan tashqari barcha tijoriy kemalar uchun navigatsiya xavfsizligicha qolmoqda. Biroq sohil va strategik orollar ustidan nazoratning kuchayishi husiylarning jahon savdosi uchun muhim bo‘lgan dengiz yo‘nalishidagi kemalar harakatiga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlarini oshiradi. Bob al-Mandab Qizil dengizni Adan qo‘ltig‘i bilan bog‘laydi va Suvaysh kanali orqali Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi yuk tashishda muhim ahamiyatga ega.
BMTning migratsiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, husiylarning hujumi oqibatida 500 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, qariyb 46 ming kishi uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. BMT 3-sentabrda hujum boshlanganidan keyin Yaman g‘arbiy sohilida janglar keskin kuchayganini bildirgan edi.
Vaziyat xalqaro savdo va energetika bozorlariga bosimni kuchaytirishi mumkin. Bu ayni paytda Ormuz bo‘g‘ozi orqali kemalar qatnovidagi jiddiy uzilishlar fonida yuz bermoqda. Reuters xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon AQSh prezidenti Donald Trampdan husiylarga qarshi harbiy yordam so‘ragan, biroq Vashington to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba berishdan bosh tortib, razvedka va nishonlarni aniqlash bo‘yicha yordam taklif qilgan.

Powered by Froala Editor