Xalq Bank Forbes talqiniga ko‘ra dunyoning eng samarali 500 ta banki reytingidan joy oldi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonning Xalq Banki Forbes tomonidan 9-sentabr kuni e’lon qilingan World’s Top Performing Banks 2026 ilk global reytingidan joy oldi. Bank aktivlari 3 milliard dollardan 10 milliard dollargacha bo‘lgan moliyaviy tashkilotlarni birlashtiruvchi Tier 6 toifasida 142-o‘rinni egalladi.
Reytingga 89 mamlakatdan jami 500 ta bank kiritilgan. Forbes va Statista tadqiqot kompaniyasi banklarni mijozlar fikri asosida tuziladigan World’s Best Banks reytingidan farqli ravishda, obyektiv moliyaviy ko‘rsatkichlar asosida baholadi. Ishtirok etish uchun banklarda 3 milliard dollardan ortiq aktivlar, auditdan o‘tgan moliyaviy hisobot va kamida ketma-ket uch yil uchun taqqoslanadigan ma’lumotlar bo‘lishi talab etilgan.
Baholash to‘rtta asosiy yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirildi: rentabellik — 30%, o‘sish va daromadlar sifati — 20%, kapital va moliyalashtirish barqarorligi — 25%, aktivlar sifati va samaradorligi — 25%. Hisob-kitoblarda rentabellik, xarajatlar va daromadlar nisbati, sof foiz marjasi, foyda va depozitlar dinamikasi, kapital yetarliligi, kreditlar va depozitlar nisbati hamda kredit portfeli sifati kabi ko‘rsatkichlar hisobga olingan.
Shu sababli 142-o‘rin bankning dunyodagi barcha banklar orasidagi o‘rni sifatida talqin qilinmasligi kerak. Forbes dastlab banklarni aktivlari hajmiga ko‘ra olti guruhga ajratgan. Xalq Bank 3 milliard dollardan 10 milliard dollargacha aktivlarga ega banklarni qamrab oluvchi Tier 6 guruhidan joy olgan.
Bankning so‘nggi yillardagi moliyaviy ko‘rsatkichlari reyting mezonlarining bir nechtasiga mos keladi. Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda Xalq Bank aktivlari 5,6 trillion so‘mga oshib, 52,1 trillion so‘mga yetgan. Kapital 10,6 trillion, kredit portfeli 31,8 trillion, depozitlar hajmi esa 26,6 trillion so‘mni tashkil etgan. Sof foyda 702,5 milliard so‘mga yetib, bir yil avvalgi qariyb 268,5 milliard so‘mga nisbatan sezilarli oshgan.
Bundan tashqari, Fitch 2025-yilda Xalq Bankining uzoq muddatli reytingini barqaror prognoz bilan BB darajasigacha oshirgan.
Shunday qilib, Xalq Bankning Forbes reytingiga kirishi bitta ko‘rsatkich emas, balki moliyaviy natijalar yig‘indisi bilan bog‘liq. Bankning 142-o‘rni esa aynan uning aktivlar hajmiga mos guruh doirasidagi natijasidir.

Powered by Froala Editor