Turkiyada Cho’lponning «Go’zal Turkiston» she’ri asosida qo’shiq kuylandi

Dunyo

Cho’lpon tomonidan 1917-yilda Turkiston muxtoriyatiga atab yozilgan «Go’zal Turkiston» she’ri «Al Sancak» turk seriali uchun kuyga solindi.

Turkiyada Cho’lponning «Go’zal Turkiston» she’ri asosida qo’shiq kuylandi
Turkiston muxtoriyati - 1917 yil 27 noyabrda Turkiston mintaqasida tuzilgan dastlabki demokratik hukumat. Unga Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan Butun Turkiston musulmonlarining favqulodda 4-qurultoyida asos solingan.

1917-yil Fevral inqilobining roʻy berishi taraqqiyparvar ziyolilar dunyoqarashini oʻzgartirib yubordi. Ular, shu jumladan, Choʻlpon mustaqillik uchun kurash endi targʻibiy-tashviqiy davridan amaliy faoliyat bosqichiga oʻtganini angladilar. Choʻlpon Turkiston muxtoriyati hukumatining barpo etilishida faol ishtirok etadi.

Millat ziyolilari asos solgan Turkiston muxtoriyati – bor-yo‘g‘i 72 kun davomida mavjud bo‘lgan. Uning asoschilari va unga xayrixoh bo‘lganlar qatag‘on qilingan.

Jadidlarga qarshi boshlangan kampaniya Choʻlponni ham chetlab oʻtmaydi. U 1937-yil 14-iyulda qamoqqa olinadi va 1938-yil 4-oktabrda Toshkentda Boʻzsuv boʻyida qatl etiladi.

Ma’lumot o’rnida: «Al Sancak»10 ta iqtidorli askarlar va ularning o'z vatanini himoya qilish uchun kurashlari haqidagi turk seriali.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing