Turkiyadagi zilzilani bashorat qilgan seysmolog Istanbulni kuchli zilzila xavfidan ogohlantirmoqda

Dunyo

Seysmologlarga koʻra, Istanbulda 7 va undan ortiq magnitudali zilzila sodir boʻlishi kutilmoqda. Biroq shahar bunga tayyor emas. Vayronagarchiliklar va qurbonlar koʻp boʻlishi mumkin.

Turkiyadagi zilzilani bashorat qilgan seysmolog Istanbulni kuchli zilzila xavfidan ogohlantirmoqda
Turkiyaning Istanbul shahri hududida 7 va undan ortiq magnitudali zilzila sodir boʻlishi mumkin. Buning ehtimollilik darajasi 60 foizdan yuqori. Bu haqda turkiyalik yetakchi seysmolog Naji Geryur 1999-yil 17-avgustda Marmara dengizida sodir bo'lgan zilzila munosabati bilan tashkil qilingan tadbirda maʼlum qildi.

Seysmologning fikricha, Istanbul 7 balli zilzilaga tayyor emas. Bu sezilarli darajada vayronagarchiliklar va qurbonlar boʻlishi kutilayotganini anglatadi.

“Biz 2029-yilga borib mintaqada 1999-yil 17-avgustdagidan kam boʻlmagan kuchli zilzila boʻlishi haqida bir necha bor ogohlantirganmiz. Uning ehtimoli kamida 64 foizni tashkil etadi. Istanbul esa bunday zilzilaga tayyor emas”, deydi mutaxasis.

Geryur Turkiya fanlar akademiyasi a’zosi hisoblanadi. 2022-yil aprel oyida u 2023-yil fevralda Qahramonmarash viloyatida sodir bo‘lgan 7,7 va 7,6 magnitudali zilzila episentrini bashorat qilgandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing