Turkiyaning Qizil Yarim Oy jamiyati G‘azoning 900 ming aholisini iftorlik bilan ta’minlaydi

Dunyo

Turkiya Qizil yarim oy jamiyati G‘azoda Ramazon oyida keng ko‘lamli oziq-ovqat tarqatishni tashkil qiladi. Umumiy hisobda 900 ming kishi issiq ovqat bilan ta’minlanadi.

Turkiyaning Qizil Yarim Oy jamiyati G‘azoning 900 ming aholisini iftorlik bilan ta’minlaydi
Muborak oyning dastlabki kunlaridanoq gumanitar missiya xodimlari sektorning 30 ming aholisini iftorlik bilan ta’minladi. Bundan tashqari, oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligini boshdan kechirayotgan oilalar uchun 50 mingta oziq-ovqat to‘plamlarini tarqatish boshlandi.

Bundan tashqari, Turkiya 1000 tonnalik gumanitar yuk bilan o‘ninchi "Mehr kemasi"ni jo‘natishga tayyorlamoqda. Shuningdek, Turkiyaning Qizil yarim oyi tashkiloti "Bu Ramazonda qalbimiz bir, dasturxonimiz bir" aksiyasi doirasida yana 17 ta davlatga yordam qo‘lini cho‘zadi.

Turkiyaning insonparvarlik yordami G‘azo aholisi uchun, ayniqsa, Ramazon oyida muhim yordam manbai bo‘lib qoladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing