Ukraina Tataristonga dronli hujum uyushtirdi
Dunyo
Bugun ertalab Qozon bo‘ylab Ukrainaning kamikadze dronlari hujumi kuzatildi. Tatariston rasmiylariga ko‘ra, shahardagi ko‘p qavatli uylarga 6 ta dron kelib urilgan. Shahardagi 37 qavatli eng yirik turar joy binosiga 2 dron urilgan, natijada yong‘in kelib chiqqan.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma'lum qilishicha, Qozonda havo hujumidan mudofaa tizimlari yordamida uchta ukrain droni yo‘q qilingan, yana uchta uchuvchisiz qurilma radioelektron kurash vositalari yordamida zararsizlantirilgan.
E'lon qilingan videolarda dronlarning ikkita ko‘p qavatli turar-joy binosi tomiga urilganini ko‘rish mumkin. Tatariston rahbari matbuot xizmati "sakkizta zarba qayd etilgan, jumladan, oltitasi turar-joy hududiga" qilinganligini ma’lum qildi.
Rossiya Mudofaa vazirligi aniqlik kiritishicha, ukrain dronlari Qozonga ertalab soat 7:40 dan 9:20 gacha hujum qilgan. "Uchuvchisiz qurilmalar uch xil yo‘nalishdan uch to‘lqin bo‘lib qo‘llanilgan", — deyiladi bayonotda.
Ukraina tomoni Qozonga qilingan dron hujumi bo‘yicha izoh bermadi.

Powered by Froala Editor