Ukraina va Belarus oʻrtasidagi erkin savdo shartnomasi buzildi

Iqtisodiyot

Ukraina Vazirlar Mahkamasi Belarus bilan erkin savdo shartnomasini bekor qildi.

Ukraina va Belarus oʻrtasidagi erkin savdo shartnomasi buzildi
Ukraina vazirlar mahkamasi 22-dekabr kuni Belarus bilan erkin savdo bitimini bir tomonlama bekor qildi va Rossiya bilan savdoga qo‘yilgan taqiqni 2024-yil 31-yanvargacha uzaytirdi. Bu haqda Ukraina Iqtisodiyot vazirligi ma’lum qildi.

"Ukraina Vazirlar Mahkamasi Belarus bilan hukumatlararo erkin savdo bitimini bekor qilish tashabbusi bilan chiqdi va Rossiya bilan savdoni taqiqlash muddatini uzaytirdi. Tegishli qarorlar hukumatning 22-dekabrdagi majlisida qabul qilindi", deyiladi departament e'lon qilgan bayonotda.

Qayd etilishicha, hukumat qarori bilan Ukraina va Belarus hukumatlari o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risidagi kelishuvni va davlatlar o‘rtasida erkin savdo rejimini ta’minlovchi bir qator boshqa hujjatlarni bekor qiluvchi qonun loyihasi ma’qullangan. Shuningdek, Ukraina Vazirlar Mahkamasi boshqa qarorida Rossiya bilan savdoga qo‘yilgan taqiqni 2024-yil 31-yanvargacha uzaytirgan.

Ukraina iqtisodiyot vazirining o'rinbosari Taras Kachkaning ta'kidlashicha, deyarli ikki yildan beri Ukraina va Belarus, shuningdek Rossiya o'rtasida hech qanday savdo aloqalari mavjud emas. "Ushbu qarorlar bilan biz faqat huquqiy bazani voqelikka moslashtiramiz", dedi u.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing