Ukrainada elektr energiyasini favqulodda o‘chirib qo‘yishmoqda

Dunyo

Ukrainaning uchta viloyatidan tashqari barcha hududlarida elektr energiyasi o'chirilgan. "Ukrenergo" davlat elektr tarmog'i operatori uzilishlar sanoat va maishiy iste'molchilarga ta'sir qilganini aytdi, deya xabar bermoqda Euronews.

Ukrainada elektr energiyasini favqulodda o‘chirib qo‘yishmoqda
Rossiya energetika infratuzilmasiga keng ko‘lamli hujumlar uyushtirganidan bir kun o‘tib, Ukraina mamlakatning ko‘p qismida elektr energiyasini favqulodda o‘chirib qo‘ymoqda.

Shanba kuni kamida 19 kishining hayotiga zomin bo'lgan energiya inshootlariga uchuvchisiz samolyotlar va raketalar hujumidan so'ng uchta mintaqadan tashqari barcha hududlarda uzilishlar yuz berdi.

Ukraina elektr tarmoqlari davlat operatori "Ukrenergo" ning xabar berishicha, uzilishlar sanoat va maishiy iste'molchilarga ta'sir ko'rsatgan.

Rossiya qo'shinlari 1-iyun, shanba kuni kechasi Ukraina energiya tizimiga raketalar va dronlar bilan yangi katta zarba berdi. Bu hukumatni butun mamlakat bo'ylab elektr energiyasini o'chirishga majbur qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing