"Ukrainadagi urush sababli Suriyadan ayrilgan, Turkiyadan yordam olgan va Saudiya Arabistondan umid qilayotgan Rossiya"

Dunyo

Urush va uning ortidan kelayotgan iqtisodiy bosim Rossiya iqtisodiyotini halokatli yoqasiga olib keldi. Rossiya iqtisodiyoti so‘nggi ikki yil davomida mudofaa xarajatlari va urushni moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan resurslar tufayli yuqori bosim ostida qolgan.

"Ukrainadagi urush sababli Suriyadan ayrilgan, Turkiyadan yordam olgan va Saudiya Arabistondan umid qilayotgan Rossiya"
Rossiyaning iqtisodiy inqirozga yuz tutishiga sabab bo’lgan boshqa bir omil – mamlakatda so‘nggi yillarda malakali ishchi kuchining yetishmasligi va millionlab yoshlarning, ayniqsa oliy ta'lim olganlarning, mamlakatni tark etishidir.

Hozirda Rossiya IT sohasida va mudofaa sanoatida yuz minglab bo‘sh o‘rinlar mavjud, ammo bularni to‘ldirish uchun zarur bo‘lgan malakali mutaxassislar yetishmayapti.

Putinning Yaqin Sharqdagi yagona ittifoqchisi, Suriyadagi Bashar al-Assadning rejimi qulashidan so‘ng, Rossiya xalqaro maydonda kuchsizlandi. Assadning qulashi, Putinning ishonchini pasaytirdi. Shunday qilib, Rossiya nafaqat Ukrainadagi urushda, balki mintaqaviy geosiyosiy siyosatda ham qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Turkiyaning Rossiya generallarini qutqargani, Kremlning zaifligini ko’rsatdi. Agar Rossiya Tartusdagi dengiz bazasini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lsa ham – bu Usmoniy shartlarida va ularning ijozati bilan bo‘ladi.

Putinning boshqaruvi bugungi kunda Sovet Ittifoqi qulashi holatiga qiyoslanmoqda. Aksariyat kuzatuvchilar, agar Saudiya Arabistoni jahon bozorini arzon neft bilan to‘ldirsa, Rossiyaning iqtisodiyoti butunlay nazoratdan chiqishi mumkinligini taxmin qilmoqdalar. Neft narxlarining yanada pasayishi Rossiyaning iqtisodiy to‘xtab qolishiga va ichki inqiroziga sabab bo‘ladi, deb xabar bermoqda The Telegraph.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing