Ulan-Bator tirbandlikni kamaytirishning yangi yo‘lini topdi

Dunyo

Ulan-Batorda avtomobillarni juft va toq kunlarda boshqarish qoidalari joriy etildi.

Ulan-Bator tirbandlikni kamaytirishning yangi yo‘lini topdi
Mo‘g‘uliston poytaxtida raqamlari juft va toq bo‘lgan avtomobillar harakatiga galma-gal cheklovlar joriy etildi. Bu haqda middleasiannews.com xabar berdi.

Qayd etilishicha, poytaxt gubernatori va shahar meri Nyambaatar Xishgi yil oxirigacha maktab va bolalar bog‘chalarida onlayn darslar o‘tkazish qoidalari, shuningdek, juft va toq raqamlarga ega avtomobillardan foydalanishga cheklov qo‘yilishi haqida ma’lumot berdi.

Yo‘l harakati tartibida tirbandlikni kamaytirish maqsadida toq raqamlarga ega bo‘lgan haydovchilar toq kunlarda, juft davlat raqamlari egalari esa juft kunlarda shahar bo‘ylab harakatlana olishi nazarda tutilgan.

Ushbu sxema 18-dekabrdan 1-fevralgacha amal qiladi. Biroq, bu sxema Mo'g'uliston poytaxti uchun yangilik emas.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing